O‘zbekiston-Qatar investitsiya hamkorligi rivojlanmoqda
2026-06-23 09:40:00 / Yangiliklar

Shuningdek, mamlakatning yetakchi investitsiya va sanoat idoralari rahbarlari: shayx Muhammad bin Hamad bin Faysal Ol Soni (Erkin iqtisodiy zonalar agentligi), Fahad as-Sulayti (Qatar taraqqiyot jamg‘armasi), Muhammad Sayf as-Suvaydiy (Investitsiya agentligi), Abdurahmon bin Hisham as-Suvaydiy (Taraqqiyot banki) hamda Abdurahmon bin Muhammad bin Jabor Ol Soni (Qatar sanoat ishlab chiqarish kompaniyasi) bilan ham samarali uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Qatarning yirik kompaniyalari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida transport infratuzilmasi, ta'lim, logistika, kimyo sanoati, energetika, qishloq xo'jaligi va turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashabbuslarni o'z vaqtida hayotga tatbiq etish va aniq «yo'l xaritalari»ni ishlab chiqish uchun mas'ul rahbarlar biriktirildi.


