“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-06-17 14:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda umumiy qiymati 12 mlrd AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan portfel doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, shuningdek, energetika sohasidagi yangi loyihalarning texnik-iqtisodiy va moliyaviy parametrlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Muhammad Abunayyan tomonidan energetik xavfsizlikni mustahkamlash hamda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini jadallashtirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi loyihalarda yer bilan bog‘liq masalalar hal etilgani uchun minnatdorchilik bildirildi.
Shu bilan birga, loyihalarni moliyalashtirish va qurilish ishlarini jadallashtirish, shuningdek, ishga tushirilgan elektr stansiyalarini boshqarishda Milliy dispetcherlik markazi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

