Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida uchrashuvlar, muzokaralar
2026-06-17 11:15:00 / Yangiliklar

Jumladan, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakili Husayn Hasanov, AQSHning Nobel Systems kompaniyasi prezidenti Mixail Samuel, RS Capital Engineering kompaniyasi mintaqaviy direktori Falkenberg Frederik, Hindistonning Tech Wabag kompaniyasi vitse-prezidenti Rajesh Singx, Niderlandiyaning Dynatec kompaniyasi direktori Gert Dam, Koreya Respublikasining Aquaworks kompaniyasi direktori Yong Sungxo, Saudiya Arabistonining Flowserve kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Sulton Boxari, Fransiya taraqqiyot agentligi – AFDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oliver Grandvoinet bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar davomida xorijiy hamkorlarga mamlakatimizda suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani rivojlantirishga davlat rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani, shuningdek, suv xo‘jaligi tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralarda suv infratuzilmasini yangilash, irrigatsiya tizimlari samaradorligini oshirish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda suv resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni keng tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, energiya tejamkor nasos agregatlari va elektr dvigatellarini joriy etish, mavjud uskunalarning ishonchliligi va xizmat muddatini oshirish, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish hamda suv yetkazib berish tizimlarining barqaror faoliyatini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Moliyaviy institutlar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini samarali boshqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar suv xo‘jaligi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy texnologiyalar transferini jadallashtirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

