Gilamdo'zlik ortidan daromad: buxorolik tadbirkor ayol tajribasi
2026-06-12 10:10:00 / Yangiliklar

Bugun milliy hunarmandchilik san'at, balki oila farovonligini ta'minlovchi haqiqiy daromad manbaiga aylanmoqda. Yurtimizda ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni barqarоr daromad bilan ta'minlash va oilaviy turmush darajasini yuksaltirish borasida maqsadli ishlar olib borilmoqda. Shu yo'lda milliy an'analarni zamona talablari bilan uyg'unlashtirgan, o'nlab xotin-qizlar hayotini o'zgartirgan ibratli tajribalar alohida e'tiborga loyiqdir.
Korxona rahbari Sabina Burxanova o'z faoliyatini dastlab uyda o'tirgan 2 nafar xotin-qizni ish bilan ta'minlashdan boshlagan. Bugungi kunda esa bu tashabbus keng quloch yozdi: korxona qoshidagi "Ustoz-shogird" maktabida 60 nafardan ortiq qizga gilam to'qish siri o'rgatildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 130 nafar ishsiz ayolning bandligi ta'minlandi.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 838 ming dollarni tashkil etadi. Yiliga 200 dan ortiq haqiqiy ipakdan to'qilgan Buxoro gilamlari tayyorlanib, mahsulotlarning 100 foizi xorijiy sayyohlarga sotiladi. Xaridorlar geografiyasi benihoya keng: AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, BAA, Braziliya, Xitoy va boshqa o'nlab mamlakatlarga yetib bormoqda.
Bosh vazir o'rinbosari korxonada mehnat qilayotgan ayollar bilan suhbatlashib, ularning daromad darajasi, oilaviy ahvoli va ehtiyojlarini tingladi. Xotin-qizlarni iqtisodiy jihatdan mustaqil qilish, oilaviy farovonlikni mustahkamlash hamda bu kabi oilaviy korxonalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.


