Respublika ta’lim markazida mas’ullar bilan uchrashuv
2026-06-10 10:10:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Respublika ta’lim markazida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan mas’ullar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Unda Markaz faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
O‘rganishlar davomida Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va o‘quv dasturlarini takomillashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, mazkur hujjatlarni jamoatchilik muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim uchun o‘quv adabiyotlarini yaratish borasida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ushbu yo‘nalishni yanada jadallashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar belgilandi.


