TIV rahbarining Kipr tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvi to‘g‘risida
2026-06-09 11:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Savdo va investitsiyalar, transport-logistika, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.