“Ayollar sport olimpiadasi” oldidan tashkiliy yig‘ilish o‘tkazildi
2026-06-09 11:40:00 / Yangiliklar
Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ayollar sport olimpiadasi” sport musobaqasining respublika bosqichi oldidan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazir o’rinbosari va oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov, Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mominjanov va hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida musobaqani yuqori saviyada tashkil etish, bellashuvlarni adolatli va shaffof o‘tkazish, ishtirokchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda tashkiliy masalalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur musobaqa xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda xotin-qizlarning sportdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

