SHHTga aʼzo davlatlar sanoat vazirlarining toʻrtinchi yigʻilishi
2026-06-08 09:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda oʻnta davlat vakillari ishtirok etdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchilik qildi.
- Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, raqamlashtirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda ekologik barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish muhokamaning asosiy mavzulari boʻldi. Ishtirokchilar texnologik va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini alohida taʼkidladilar.
- Yigʻilish yakunlari boʻyicha Qoʻshma kommyunike qabul qilindi. Ushbu hujjatda maxsus sanoat zonalarini rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalar almashish, kam uglerodli loyihalarni va qoʻshma koʻrgazmalarni ilgari surish rejalari mustahkamlangan.
- Shuningdek, istiqbolli iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi SHHT Investitsiya loyihalari maʼlumotlar banki toʻgʻrisidagi nizom loyihasi maʼqullandi. Bundan tashqari, Qirgʻizistonning toʻqimachilik klasterini yaratish va yengil sanoat mahsulotlari savdosini soddalashtirish boʻyicha taklifi koʻrib chiqildi. Ushbu masalani kelgusida oʻrganish va hayotga tatbiq etish bilan SHHTning tegishli ishchi guruhi shugʻullanadi.


