Xalqaro ko‘rgazma maydonida O‘zbekiston milliy stendi
2026-06-05 12:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Qirgʻiz Respublikasi Iqtisodiyot va tijorat vaziri Bakit Sidikov, shuningdek, davlat organlari hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdilar.
Marosim davomida ISSV rahbari Laziz Kudratov mehmonlarni mamlakatimizning sanoat, investitsiyaviy va innovatsion salohiyati, shuningdek, mahalliy korxonalarning bugungi kunda erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirdi.
Ekspozitsiyada respublikamiz texnologik rivojlanishining beshta asosiy yoʻnalishi, yaʼni elektrotexnika tarmogʻi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va kimyo sanoati, qolaversa, "IT Park Uzbekistan"ning keng imkoniyatlari namoyish etildi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan mahsulotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.


