Gonkong delegatsiyasining O‘zbekistondagi biznes-brifingi va davra suhbati
2026-06-05 09:05:00 / Yangiliklar

Tadbirlarda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuv sanoat, moliya, logistika, IT va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi Gonkongning 120 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillarini bir davraga jamladi. Brifing davomida xorijlik mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda investorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari atroflicha tanishtirildi.
Davra suhbati davomida ikki tomon ishbilarmon doiralari savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qildilar. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro investitsiyalar hajmini oshirish hamda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

