Energetika sohasida hamkorlik
2026-06-02 09:35:00 / Yangiliklar

Energetika sohasidagi eng nufuzli xalqaro tadbirlardan biri hisoblangan mazkur haftalik doirasida “Baku Energy Forum”, 31-Xalqaro Kaspiy neft va gaz ko‘rgazmasi — “Caspian Oil and Gas” hamda 14-Xalqaro Kaspiy toza energiya ko‘rgazmasi — “Caspian Power” tashkil etildi.
Tadbirning rasmiy ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etib, global energetika xavfsizligini mustahkamlash, an’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish hamda yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Haftalik doirasida Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston milliy stendi faoliyati bilan ham tanishdi.
Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ham ishtirok etmoqda.
Forum va ko‘rgazmalar doirasida qator davlatlarning energetika sohasi rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozov hamda Jahon bankining Energetika va qazib olish tarmoqlari bo‘yicha global amaliyot yo‘nalishi menejeri Stefani Gil bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar hamda o‘zaro sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.


