Qatar bilan hamkorlik rivojlanmoqda
2026-05-15 10:50:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qatar davlatining Artan Holding Group kompaniyasi raisi Natra Abdulla xonim bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik hamkorlik, xususan, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktabgacha va maktab ta’limi qamrovining kengayishi hamda xususiy sektor ishtirokining ortib borayotgani qayd etildi.
Tomonlar ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


