O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
2026-05-08 09:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari hamda Jahon bankining Yevropa
va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi rahbari Rita Almeyda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati muhokama qilinib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Rita Almeyda O‘zbekistonda amalgaoshirilgan loyihalarning natijаdorligiga yuqori baho berib, Jahon banki mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishga qaratilgan jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida muhokama etilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar belgilandi va loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

