O‘zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
2026-05-06 10:45:00 / Yangiliklar

Mazkur muloqotda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda global ta’lim maydonida integratsiya jarayonlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan YUNESKO doirasida qabul qilingan oliy ta’limga oid malakalarni tan olish bo‘yicha global konvensiyani ratifikatsiya qilgandan keyingi amaliy qadamlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar mazkur hujjatni samarali amalga oshirish, xorijiy malakalarni tan olish tizimini takomillashtirish, shuningdek, milliy darajada tegishli institutsional mexanizmlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.
Uchrashuv davomida xalqaro tajribani joriy etish, milliy axborot infratuzilmasini shakllantirish hamda sohadagi institutsional hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan keyingi qadamlar kelishib olindi.

