Toshkent shahrida O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2026-04-30 09:10:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda respublikamizda Chexiya sarmoyasi ishtirokidagi 37 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, hamkorlikning mustahkam poydevorini tashkil etmoqda.
Muloqot davomida O‘zbekistonning investitsiyaviy yutuqlariga alohida to‘xtalib o‘tildi, xususan, 2025-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 145 milliard dollardan oshdi. Chexiya kompaniyalari sanoat va transport sohalariga innovatsiyalarni joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirib, O‘zbekistonni Markaziy Osiyo bozoriga chiqish uchun strategik markaz sifatida e’tirof etdilar.
Uchrashuv yakunida mashinasozlik, infratuzilmani modernizatsiya qilish va ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Chexiya eksport banki hamda EGAP korporatsiyasi bilan erishilgan kelishuv muhim moliyaviy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu mexanizm qo‘shma yuqori texnologiyali ishlab chiqarish loyihalari uchun imtiyozli kreditlash va risklarni sug‘urtalashni ta’minlaydi.
Forum yirik kompaniyalar va banklar ishtirokidagi G2B hamda B2B muzokaralar bilan yakunlandi. Unda tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.


