Ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan nizoli oilalar bilan tadbir
2024-07-08 14:40:00 / Yangiliklar

Toshkent shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, IIB bosh boshqarmasi hamkorligida "Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zo‘ravonlikning oldini olish" hamda "Barqaror turmush!" oyligi o‘tkazilishi munosabati bilan hududlarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida M.Ulug‘bek, Mirobod va Yunusobod tumanlaridan ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan nizoli oilalar bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova, Toshkent shahar Hokimi o‘rinbosari Sh. Sultanova, Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Sattarova, Toshkent shahar IIBB HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh. Normatova, Xalqaro toifadagi spiker Respublika Ma’rifat targ‘ibochilari jamiyati a’zosi professor J.Shermuhammedova va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarga oilaning muqaddas qo‘rg‘onligi, uni saqlashda ayollarning o‘rni katta ekanligi eslatib o‘tildi. Shu bilan birga, oilada xotin-qizlarning haq-huquqlari tushuntirilib, oilaviy taziyq va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l qo‘yilgan hollarda esa, qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

