TIV rahbarining Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi to‘g‘risida
2026-04-21 09:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Binni qabul qildi.

Muloqot davomida tomonlar Davlatlar Rahbarlari oʻrtasidagi faol va ishonchli muloqot Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.
Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlar hamda Oʻzbekiston–Xitoy Hukumatlararo hamkorlik qoʻmitasi doirasidagi Xavfsizlik boʻyicha quyi qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishi natijalari yuqori baholandi.
Erishilgan barcha kelishuvlar ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashi taʼkidlandi.