O‘zbekiston-Ispaniya tashqi investitsiyalar forumi
2026-04-08 09:40:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirokida Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumi ishbilarmon doiralarimiz o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi.
Energetika, infratuzilma, transport, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi
Xususan, “Aries & Leo Equity Holding”, “Future Farm Solutions”, “Almar Water Solutions”, “IMABE”, “KHESH GROUP”, “Banco Santander”, “Water challenge” hamda “Systemfoc” kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqidi.
Darhaqiqat, o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyat va ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, mazkur forum iqtisodiy aloqalarni yanada oshirishga xizmat qiladi.

