Eksimbankning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
2026-04-02 11:25:00 / Yangiliklar

Muloqot markazida kasbiy taʼlim muassasalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qoʻshma loyihaning amalga oshirilishi, uning amaliy bosqichlarini jadallashtirish masalalari turdi. Muzokaralar davomida kasbiy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, raqamli laboratoriyalar tashkil etish, interaktiv taʼlim muhitini shakllantirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va zamonaviy oʻquv kontentlarini yaratish kabi yoʻnalishlar loyihaning muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etildi.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish jarayoni, tayyorgarlik ishlari va tashkiliy bosqichlarda erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. Loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalasiga alohida urgʻu berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish va loyihani samarali amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.


