Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi yangilanishlar
2026-04-02 09:40:00 / Yangiliklar

Unda hududlarda oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, 84 ta tayanch tuman va shahar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur tizim doirasida har bir hududda 6 tadan tayanch tuman va shahar belgilangan bo‘lib ,oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, daromadlarni oshirish, ijtimoiy-siyosiy faollikni kuchaytirish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, murojaatlar va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlarda ishlar tashkil etiladi.
Shuningdek, Qo‘mita boshqarma va bo‘lim boshliqlariga o‘zlariga biriktirilgan tayanch hududlarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda manzilli, mahallabay ishlash modulini yaratish, tajriba almashish, muammolarni aniqlash va amaliy takliflar ishlab chiqishga asoslangan muloqot mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilandi. Yig‘ilishda ishlarni faqat hisobot uchun emas, balki aniq natija uchun tashkil etish, nazorat va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi alohida qayd etildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur tizim doirasida har bir hududda 6 tadan tayanch tuman va shahar belgilangan bo‘lib, ularda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, tadbirkorlikni rivojlantirish, daromadlarni oshirish, ijtimoiy-siyosiy faollikni kuchaytirish, “Ayollar daftari” bilan ishlash, murojaatlar va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlarda ishlar tashkil etiladi.

