O‘zbekiston-Jazoir: istiqbolli agrar hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi
2024-06-25 16:05:00 / Yangiliklar

Unda ikki davlat o‘rtasida agrar hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish yuzasidan o‘zaro manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, sohani raqamlashtirishdan keyingi imkoniyatlar haqida ma’lumot berish bilan birga, aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha mamlakatimizning eksport salohiyati haqida ham atroflicha ma’lumot berdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va quritilgan mevalar eksporti haqida ma’lumotlarga katta qiziqish bildirgan elchi Muhammad Irqiy logistika masalalari bo‘yicha savollariga ham javob olar ekan, kelgusida agrar sohada ilmiy-texnik yo‘nalishlarda ham hamkorlik qilish bo‘yicha bir qancha takliflarni o‘rtaga tashladi.
Shuningdek, uchrashuvda qishloq xo‘jaligining har ikki davlat uchun ham manfaatli yo‘nalishlarida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, dastlab, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning Jazoirga xizmat safarini tashkil etish, xizmat safari davomida yaqindan tanishish uchun agrar tarmoqlar va qishloq xo‘jaligi obyektlari ro‘yxatini ishlab chiqish borasida kelishuvlarga erishildi.

