Xalqaro hamkorlik
2026-03-24 16:25:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida tomonlar ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, sanoat mashinasozligi, qishloq xo‘jaligi va zargarlik tarmog‘ida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Xususan, Gomel viloyati bilan yog‘ochsozlik, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi texnikasi sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmining o‘sishi qayd etildi: 2025-yil yakunlariga ko‘ra Gomel viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 50 mln dollarni tashkil etdi, shu bilan birga joriy yilning yanvar oyida savdo aylanmasi 1,5 baravarga oshgani kuzatildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma "Chora-tadbirlar rejasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, yangi tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish uchun O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

