Made in Afghanistan Expo – Tashkent 2026
2026-03-25 / Voqealar taqvimi
25–27 mart kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" MKK maydonida “Made in Afghanistan Expo – Tashkent 2026” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Afg‘onistondan 120 dan ortiq tadbirkor va kompaniya vakillari ishtirok etib, o‘z mahsulotlari va hamkorlik takliflarini taqdim etadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (quruq va xo‘l mevalar, yong‘oqlar, zaʼfaron va boshqalar)
- anʼanaviy hunarmandchilik mahsulotlari (gilam, to‘qimachilik, zargarlik buyumlari)
- sanoat va ishlab chiqarish mahsulotlari
- Tashrif doirasida 28-29 mart kunlari B2B uchrashuvlar, biznes muloqotlar, eksport-import muzokaralari hamda investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay maydon yaratiladi.
Barchani yangi hamkorlar topish va biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.
Batafsil maʼlumot uchun:
+998 99 995 38 16
+998 97 446 09 00