Ta’lim sohasida O‘zbekiston va Ispaniya hamkorligi
2026-03-12 10:05:00 / Yangiliklar
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Ispaniya Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rikardo Martines Vaskes bilan uchrashdi.

Unda ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida elchi O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi hamda ta’lim ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

