Paragvay Prezidenti Santyago Penya bilan uchrashuv.
2026-02-27 09:15:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida tomonlar bozorlarni bosqichma-bosqich ochish va o‘zaro savdoda mahsulotlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qilib, bu borada muhim kelishuvlarga erishdilar.
Uchrashuv o‘tgan yil dekabr oyida Paragvay Prezidenti Santyago Penya va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘shanda tomonlar savdo, investitsiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida Lotin Amerikasi hamda Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishini belgilab olgan edilar.
Shuningdek, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalar hamda investitsiyalarni jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. Soha bo‘yicha mas’ul idoralar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

