O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya 62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etdi
2026-02-17 10:05:00 / Yangiliklar

Anjuman doirasida dunyoning turli mintaqalari vakillari tomonidan xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning asosiy masalalari, yangi yuzaga kelayotgan tahdid hamda xatarlarga qarshi birgalikdagi choralarni ko‘rish, ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqadagi davlatlar umumiy farovonlik yo‘lida o‘z masalalarini tinch yo‘l bilan hal eta olishi, yangi yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarshi birlashib, yanada kuchli bo‘lishi mumkinligining yorqin namunasiga aylanayotganligi qayd etildi.
Konferensiya davomida TIV rahbari ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari hamda boshqa mamlakatlar vakillari bilan fikr almashdi. Erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqilib, yangi istiqbolli maqsadlar belgilab olindi.


