O'zbekiston-Turkiya: Urug'chilik yo'nalishida hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda
2024-06-06 09:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda avvalida Turkiya Urug‘chilik assotsiatsiyasi rahbariyati Ibrohim Abdurahmonovga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tgan holda, urug‘chilik borasida so‘nggi yillarda hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligini e’tirof etdi.
O‘z navbatida, Ibrohim Abdurahmonov yurtimizda urug‘chilik tizimini tubdan o‘zgartirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilayotganligi, buning ifodasi o‘laroq yangi qaror loyihasi ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Bundan tashqari vazir Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan urug‘chilik yo‘nalishida hamkorlik loyihalari ishlab chiqilganligi va uni yo‘lga qo‘yish uchun ishchi guruh shakllantirish borasida amaliy ishlar olib borilayotganligi, bu borada yordamga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda Turkiya Urug‘chilik assotsiatsiyasi rahbariyati Turkiya urug‘chilik tajribasi, erishgan natijalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan nafaqat urug‘lik chigit, balki meva-sabzavot urug‘larini yetishtirish borasida hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

