Agrar sohada O‘zbekiston va Jahon fanlar akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi
2026-02-10 14:35:00 / Yangiliklar

Unda agrar sohada ilm-fan va ta’limni uyg‘un rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekistonda agrar yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, shuningdek ta’lim tizimidagi islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, zamonaviy agrar ta’lim talablariga mos, insonparvarlik tamoyillariga asoslangan o‘quv-tarbiyaviy yondashuvlar, jumladan HECI tamoyillarining bosqichma-bosqich joriy etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Muloqot davomida Jahon fanlar akademiyasi (TWAS) hamda O‘zbekistonning agrar yo‘nalishdagi ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ushbu tashabbuslar agrar sohada ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishib, kelgusida aniq yo‘nalishlar asosida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

