O‘zbekiston va AIIB hamkorligi xamda investitsiyalar va istiqbolli loyihalar muhokamasi
2026-02-10 14:25:00 / Yangiliklar

Vazir Bank Prezidentini lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Markaziy Osiyoga amalga oshirilgan ilk tashrif ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mintaqada AIIBning eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda - Bankning Markaziy Osiyodagi operatsiyalarining 51 foizi mamlakatimiz hissasiga to‘g‘ri keladi. Global miqyosda esa respublika operatsiyalar hajmi bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi.
Qo‘shma loyihalar portfeli 7 milliard AQSh dollaridan oshdi. 2024-yilda Samarqand shahrida AIIB Boshqaruvchilar kengashining 6-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, xususiy sektor uchun suveren bo‘lmagan moliyalashtirishni kengaytirish, DXSh loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, “yashil” energetikani rivojlantirish hamda “Qambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida vazir AIIB Prezidentini 2026-yil 16–19-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.


