O‘zbekiston–Pokiston: qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-02-09 10:00:00 / Yangiliklar

Jumladan:
— ikki davlat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan bitim;
— ikki mamlakat karantin tashkilotlari o‘rtasida ho‘l olma, anjir, limon hamda achchiq qalampir mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha fitosanitariya talablari yuzasidan bayonnoma;
— Pokiston Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari kengashi bilan agrar ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohasidagi anglashuv memorandumi.
Mazkur hujjatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, ilmiy-innovatsion hamkorlikni chuqurlashtirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni yanada faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi agrar hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi.
