O‘zbekistonning suv resurslarini barqaror boshqarish yo‘lida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
2026-01-21 09:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida tomonlar suv ta’minoti va oqova suvlarni boshqarish sohasida qo‘shma infratuzilma tashabbuslarini amalga oshirishning joriy holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Muhokamalar amaliy hamkorlik masalalari, loyihalarni yanada puxta ishlab chiqish parametrlari hamda tegishli tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratildi.
Vazir O‘zbekistonning suv resurslarini barqaror boshqarish sohasida xalqaro tajriba va ilg‘or yechimlarni jalb etishga intilishini ta’kidladi. Shuningdek, yirik infratuzilmaviy loyihalarini amalga oshirishda shaffof va iqtisodiy jihatdan asoslangan yondashuvlarning muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Milliy standartlarga rioya etish hamda barcha tomonlar manfaatlari muvozanatini ta’minlash zarurligi qayd etildi.
O‘z navbatida, TAQA Water Solutions rahbari konstruktiv muloqotga, kompaniya muhokama qilingan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishga va birgalikda ishlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga va samarali muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

