Avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlik
2026-01-20 09:40:00 / Yangiliklar

Muloqot doirasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkoniyatlari, avvalo avtomobilsozlik sohasidagi istiqbollar muhokama qilindi. Tomonlar bozor kon’yunkturasiga doir masalalar yuzasidan fikr almashib, O‘zbekistonning ichki bozori va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni joylashtirish uchun yuqori salohiyatga ega ekanini qayd etdilar.
Suhbat davomida mamlakatda izchil shakllantirilayotgan qulay investitsiya muhiti, shuningdek, xorijiy investorlar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Lokalizatsiya jarayonlarini kengaytirish, texnologik yangilanish hamda uzoq muddatli ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish istiqbollari muhokamaning markazida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli va barqaror loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik formatlarini yanada chuqur o‘rganish hamda amaliy muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

