Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
2025-12-10 13:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov HKC Worldwide Electronic Co. Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda HKC Worldwide Electronic Co. Ltd kompaniyasi vitse-prezidenti Jingqiang Hang tomonidan kompaniya va uning faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, muloqot davomida kompaniya bilan kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, nafaqat foydali qazilmalarni qazib olish, balki mamlakatning o‘zida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish taklifi bildirildi.

