CAREC’ning 24-Vazirlar konferensiyasida ishtirok
2025-11-21 10:30:00 / Yangiliklar

Ochilish marosimida u savdo va investitsiya hamkorligini kengaytirish muhimligini ta’kidladi, shuningdek, CAREC Savdoni va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim (CARTIF) bo‘yicha muzokaralarni boshlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Sessiyalar doirasida Vazir O‘zbekistonning texnologiyalar va raqamli infratuzilmani rivojlantirish, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish, transport-logistika zanjirlarini modernizatsiya qilish hamda iqlim xavflariga chidamlilikni oshirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi. Inson kapitali, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar alohida qayd etildi.
Yig‘ilishlar yakunida bir qator muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, CAREC mamlakatlarida elektron almashinuv va muvofiqlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha pilot modelga doir Anglashuv memorandumi, shuningdek, CAREC innovatsiyalar va venchur investitsiyalari katalizatori fondini tashkil etish to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
O‘zbekistonning konferensiyadagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga sodiqligini hamda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va biznes uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan yangi loyihalarni ilgari surishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

