O‘zbekiston–Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyatining amaliy jihatlarini muhokama qilindi
2025-11-17 15:30:00 / Yangiliklar

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, milliy mahsulotlarni ilgari surish hamda ikki davlat tadbirkorligining rivojlanishi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladigan ushbu qo‘shma savdo markazining huquqiy asoslarini kelishib oldilar.
Markazning umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi: 3 gektar - O‘zbekiston qismi, 3 gektar - Turkmaniston qismi. Zarurat tug‘ilganda hudud alohida xalqaro kelishuv orqali kengaytirilishi mumkin.
Har ikki davlat fuqarolari chegaraoldi savdo zonasiga vizasiz kirish-chiqish huquqiga ega.
O‘zbek - Turkman chegaraoldi savdo zonasining ochilishi O‘zbekiston va Turkmaniston tadbirkorlariga o‘z mahsulotlari bilan erkin savdo qilish, umumiy infratuzilma va soddalashtirilgan tartiblardan foydalanish imkonini beradi. Bu esa transchegaraviy savdoni rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
