O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti talablari hamda Prezident Administratsiyasi rahbari va Hukumatning 2025-yildagi topshiriqlari ijrosi holati boʻyicha keng jamoatchilikka HISOBOTI
I. Ijro intizomini taʼminlashning huquqiy asosi
Mudofaa vazirligida ijro intizomiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021- yil 10- fevraldagi PF–6166- son, “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025- yil 25- iyuldagi PF–117- son Farmonlari hamda 2021- yil 31- maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–5132-son qaroriga asosan tashkil etildi.
II. Vazirlikda hujjatlar ijrosi
Mudofaa vazirligida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi hamda Hukumat hujjatlarida 2025-yilning yanvar-dekabr oylariga belgilangan barcha topshiriqlar to‘liq bajarildi.
“Ijro.gov.uz” tizimida 136 ta qonunchilik hujjatlari bo‘yicha 877 ta (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 36 ta Farmoni bo‘yicha – 275 ta, 63 ta qarori bo‘yicha – 417 ta, 5 ta farmoyishi bo‘yicha – 61 ta, 31 ta bayoni bo‘yicha – 116 ta, Prezident Administratsiyasining 1 ta hujjati bo‘yicha – 9 ta,) topshiriq to‘liq hajmda bajarildi.
Shundan, vazirlikka asosiy ijrochi sifatida 93 ta hujjatda belgilangan 525 ta topshiriq ijrosi ta’minlandi.
Tizimda Vazirlar Mahkamasining 115 ta hujjati bo‘yicha 341 ta topshiriq (O‘zbekiston Respublikasining 4 ta Qonuni bo‘yicha – 9 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta Farmoni bo‘yicha – 12 ta, 8 ta Qarori bo‘yicha – 9 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 9 ta hujjati bo‘yicha – 14 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 1 ta hujjati bo‘yicha – 8 ta, Prezident Administratsiyasining 23 ta hujjati bo‘yicha – 78 ta, Xavfsizlik kengashi kotibiyatining 5 ta topshirig‘i bo‘yicha – 13 ta, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori bo‘yicha – 30 ta, 4 ta farmoyishi bo‘yicha – 4 ta, Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining 4 ta bayonida – 46 ta, Bosh vazir rahbarligidagi yig‘ilishlarning 34 ta bayoni bo‘yicha – 90 ta, 9 ta topshirig‘i bo‘yicha – 28 ta) to‘liq bajarildi.
Shuningdek, Administratsiya Rahbarining 15 ta hujjati bo‘yicha - 58 ta topshiriq muddatida bajarildi.
Mudofaa vazirining buyruqlari, vazirlik rahbariyati huzurida oʻtkazilgan yigʻilishlarning bayonlarini nazorat qilinishi olib borildi.
Vazirlik asosiy tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarning har haftalik nazorati olib borildi.
Mudofaa vazirligi Ijro nazorati va monitoring boshqarmasi boshlig‘i
