- O‘z tasarrufidagi qo‘shinlarda boshqaruvni amalga oshirish;
- Mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosatini yuritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash; harbiy hamkorlikni kengaytirish;
- Chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlash.
Vazifalari
- Miliy harbiy strategiya, Qurolli Kuchlar qurilishi va rivojlantirilishining konseptual asoslarini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘ladi;
- Qo‘shinlarning jangovar harakatlari strategik jihatdan va tezkor rejalashtirilishini hamda ularga rahbarlikni amalga oshiradi;
- Qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligiga, ular tashkiliy-shtat tuzilishining qo‘shinlarni qo‘llash shakl va usullariga ko‘nikma hosil qilishiga doir tadbir-choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
- O‘z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan, Qurolli Kuchlarning shakl va turdagi qo‘shinlarining, birlashmalari, qo‘shilmalari va bo‘linmalarining qo‘mondonlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan direktivalar va buyruqlar chiqaradi;
- Qurolli Kuchlarni, harbiy okruglarni, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy tuzilmalarini tezkor-strategik boshqarishning bosh organi vazifasini bajaradi.