Harbiy texnikalarni temiryo‘l transportida tashish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazildi
2025-10-29 16:45:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulotlar jarayonida harbiy xizmatchilar nazariy bilimlarini amaliy harakatlar bilan uyg‘unlashtirib, yuk ortish jarayonidagi har bir bosqichni chuqur o‘rganishdi. Yuklarni temir yo‘l platformalariga joylashtirish, mustahkamlash, yuklashda og‘irlik markazining muvozanatini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash kabi murakkab jarayonlarni o'rgandi.
Bunda zamonaviy logistika tizimi, yuk tashishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi masalalari ham o‘quv dasturining ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqildi. Mashg‘ulotda qatnashgan mutaxassislar harbiy texnika tashish jarayonida qo‘llanilayotgan yangi uslublar, ilg‘or xorijiy tajribalarga ham alohida e’tibor qaratishdi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida har bir detallar — yuklash burchagi, bog‘lash uslubi, harakat tezligi, yuk markazi aniqligi — millimetr darajasida o‘lchandi. Bu yondashuv o‘z navbatida harbiy texnikani tashish xavfsizligini maksimal darajada kafolatlashi ta’kidlandi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati




