Harbiy xizmatchilarning oila a'zolari salomatligi e'tibor markazida
2025-10-28 15:00:00 / Yangiliklar

Ko‘rik jarayonida tajribali shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir, asab tizimi, nafas olish organlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil tahlillar o‘tkazildi. Zarur hollarda bemorlarga individual davolash dasturlari, reabilitatsiya choralari hamda profilaktik tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida harbiy oilalar vakillari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirishga bag‘ishlangan suhbatlar ham tashkil etildi.
Tibbiy ko‘riklar nafaqat sog‘lomlashtirish tadbiri, balki harbiylarning hayotiy faolligi, ruhiy tetikligi va ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan muhim ijtimoiy tashabbus sifatida e’tirof etildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati








