Milliy armiya yangi yulduzlari aniqlandi
2025-10-27 20:15:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va qo‘mondonliklarda o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblari o‘zaro mahoratlarini namoyish etib, “Jangovar qo‘shiqlar”, “Saf qo‘shiqlari”, “Vatanparvarlik ruhidagi estrada qo‘shiqlari” va “Vatanparvarlik ruhidagi lirik qo‘shiqlar” nominatsiyalari bo‘yicha ijrolarini tomoshabinlarga havola qildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — harbiy xizmatchilar ichida mohir ijrochilarni kashf etish, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qo‘shinlarda milliy va jangovar ruhni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy armiyamizga nisbatan iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish va ushbu yo‘nalishdagi ijodkorlarni munosib ravishda rag‘batlantirish.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi, aytish kerakki, yuksak saviyada davom etib, eng mohir ijrochilar sahnada bir-biridan o‘tkazib kuylashdi. Ijro etilgan qo‘shiqlarning badiiy saviyasi hamda ijrochilik mahorati hay’at a’zolari tomonidan shaffof va odilona baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha o‘rinlarga munosib ko‘rildi:
“Jangovar qo‘shiqlar” nominatsiyasi:
1-o‘rin — Farid Olimov;
2-o‘rin — Sanjar Kamolov;
3-o‘rin — Nodirbek Azizov.
“Saf qo‘shiqlar” nominatsiyasi:
1-o‘rin — G‘affor Saidov;
2-o‘rin — Xolmirzayev Bobur;
3-o‘rin — Oybek Ro‘ziyev va Sayfiddin Rahmonov.
“Vatanparvarlik ruhidagi estrada qo‘shiqlari”:
1-o‘rin — Nabijon Jo‘rayev;
2-o‘rin — Latifjon Bo‘taboyev;
3-o‘rin — Islom Xasanov.
“Vatanparvarlik ruhidagi lirik qo‘shiqlar”:
1-o‘rin — Jumayev Ismoil;
2-o‘rin — Farruh Odinayev;
3-o‘rin — Axror Yulbarsov va Feruzxo‘ja Siddiqov.
G‘olib va sovrindorlarga tanlov nizomiga ko‘ra belgilangan pul mukofotlari va diplomlar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









