Vatan himoyasida matonat, shijoat va bilim uyg‘unligi
2025-10-27 18:15:00 / Yangiliklar

Mazkur o‘quv mashg‘uloti qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik darajasi, ofitserlarning komandirlik malakasi va taktik fikrlash salohiyatini sinovdan o‘tkazdi. Harbiy xizmatchilarning jangovar sharoitda tezkor qaror qabul qilish qobiliyati, shartli dushmanga qarshi amaliy harakatlarni real jangovar vaziyatga yaqin sharoitda amalga oshirish jihatlari baholandi.
Shuningdek, o‘quvda harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va ularni zamonaviy jangovar taktikaga moslashtirish jarayonlariga e’tibor qaratildi. Bunda har bir bo‘linma o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarishda yuksak intizom, jamoaviy hamjihatlik va tashabbuskorlikni namoyon etdi.
O‘quv jarayonida qo‘mondonlik tomonidan jangovar boshqaruv, o‘zaro aloqa, muvofiqlashtirish va tezkor harakatlarni tashkil etish masalalariga ham alohida yondashildi.
Mashg‘ulotlar davomida kechgan har bir daqiqa, har bir jangovar harakat askarlar qalbida g‘urur va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi. Harbiy xizmatchilar o‘zining vatanparvarligi, shijoati va yuksak mas’uliyat hissi bilan na’muna ko‘rsatdi.
Ko‘rgazmali o‘quvlarda qo‘llanilgan texnika va qurollarning samaradorligi, harbiylar tomonidan ularni mohirona boshqarish, zamonaviy jangovar taktik usullarni egallashdagi yutuqlar kuzatuvchilar tomonidan yuksak baholandi.
Mazkur o‘quvlar orqali harbiy xizmatchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirib, o‘zaro hamjihatlik va jangovar ruhni yanada mustahkamladi. Bir so‘z bilan aytganda, okrug qo‘shinlarining jangovar shayligi, kasbiy mahorati va ruhiy tayyorgarligi yangi bosqichga ko‘tarildi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









