Navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi
2025-10-25 14:25:00 / Yangiliklar

Tadbirda harbiy ta’lim muassasalarining rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi kursantlar va ularning yaqinlari ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar bu galgi o‘quv jarayonlari o‘ziga xos ruhda o‘tganini, ta’lim tizimi zamonaviy yondashuv asosida tashkil etilgani, harbiy xizmatchilarni tayyorlashda nafaqat jismoniy tayyorgarlikka, balki aqliy salohiyatni oshirish, mustaqil fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladilar.
Tahsil jarayonida serjantlar va kursantlar o‘z sohalari bo‘yicha puxta bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari, harbiy tibbiyot, rahbarlik hamda jamoada ishlash madaniyati bo‘yicha ham zarur malakalarni o‘zlashtirdilar.
Marosim yakunida bitiruvchilarga belgilangan tartibda sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. O‘qish davomida o‘zining namunali intizomi, yuksak mas’uliyati va aqliy salohiyati bilan ajralib turgan harbiy xizmatchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tantanali marosim ishtirokchilari bitiruvchilarga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar, Vatanga sadoqat va mardlik tiladilar.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti axborot xizmati








