Hamkorlikdagi ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2025-10-18 13:40:00 / Yangiliklar

Unda Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlik rahbariyati, hamkorlikdagi Qurolli Kuchlar kuch tuzulmalarning hududiy bo‘linmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organi vakillari ishtirok etdi.
Dastlab maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsad va vazifalari, hamkor tuzilmalar bilan birgalikdagi harakatlar, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va evakuatsiya qilish bo‘yicha vaziafalarga o‘zaro oydinliklar kiritildi.
Reallikka yaqinlashtirilgan, harbiy xizmatchilarning yuksak jangovar salohiyatini namoyon qilgan mashg‘ulot davomida kuch tuzulmalarning birgalikdagi harakatlari uyg‘unlashtirildi. O‘quv rejasiga asosan qo‘yilgan topshiriqlar bo‘linmalar tomonidan a’lo darajada bajarildi.
Mashg‘ulot yakunida erishilgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, o‘quvda faol ishtiroki uchun hamkor tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organi vakillariga qo‘mondonlikning esdalik sovg‘alar topshirildi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






