Chirchiqda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi boshlandi
2025-10-11 16:05:00 / Yangiliklar

Ushbu mavsum ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olinib, dastlab tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga harbiy liboslar berildi.
Yigʻinning tantanali ochilish marosimida so‘z olgan ushbu yig‘in yoshlar uchun koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini so‘zlab, undan oqilona foydalanish lozimligini va buning samarasi sifatida o‘tkan yig‘inlardagi yoshlarning erishgan yutuqlarini misol keltirishdi va yig‘in davomida yoshlarning ulkan muvofaqqiyatlarga erishishini tilashdi.
Tadbirning badiiy qismi esa go‘yoki harbiy ruxni uyg‘otuvchi, qalblarga jo‘shqinlik baxsh etuvchi bir sahna asariga aylandi. Harbiy orkestrning ohanglari yuraklarga g‘urur tuyg‘usini qadagan bo‘lsa, qo‘l jangi ko‘rinishlari jasorat va mardlik ramziga aylandi, faxriy qorovullarning saf chiqishlari esa tartib va intizomning tirik namunasi bo‘ldi.
Ochilish marosimidan so‘ng yig‘in ishtirokchilari hamda harbiy qismda mehmon bo‘lgan yoshlar uchun harbiy texnikalar va “Vatanparvar” tashkilotining harbiy-sport anjomlarini ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Endilikda ishtirokchilar 10 kun davom etadigan yig‘inda ishtirokchilar harbiy tayyorgarlik, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda turli kasblarni egallashi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilinadi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati






