Surxondaryoda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini boshlandi
2025-10-10 10:35:00 / Yangiliklar

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda ushbu maktabning navbatdagi o‘quv mavsumi boshlandi. Unda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 100 nafar yosh ishtirok etmoqda.
Jasorat maktabi o‘quv yig‘inining asosiy maqsadi yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, harbiy kasbning ahamiyatini tushuntirish va ularni yuqori bosqichda tayyorlashdan iborat. Shuningdek, yoshlarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularni jismoniy jihatdan sog‘lom tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quv mavsumining ochilish marosimida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘zlab o‘tildi. Shuningdek, harbiy qism madaniyat markazida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda nuroniy va faxriylar o‘z hayot yo‘llari va xizmatlari haqida fikr almashdi, yoshlarga ilhom baxsh etdi.
“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini 10 kun davom etadi.







