Harbiy psixologlarning malakasini oshirishdagi zamonaviy yondashuv
2025-10-04 13:40:00 / Yangiliklar

Unga ko‘ra Mudofaa vazirligi va harbiy okrug boshqaruv apparatlari psixologlari 1+3 formualasi (klinik psixologiya, sotsiologiya va paramedik) asosida 320 soatlik “Klinik psixologiya” yoʻnalishida tahsil olishni boshladi.
"Klinik psixologiya" dasturiga asosan mutaxassislar 7 ta modul asosida tahsil olib, “klinik psixologiya”, “psixosomatik va psixogen buzishlar”, “deviant xulqiyat”, “deviant xulq-atvor”, “fiziologik, psixofiziologik va psixologik darajalardagi inqiroz holatlari” hamda “fiziologik, psixofiziologik va psixologik darajalardagi inqiroz holatlari” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishadi.
O‘quv davomida harbiy psixologlarning egallagan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash maqsadida oraliq nazoratlari hamda yakuniy imtihonlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






