Ustozlar sharafi – xalq ehtiromi
2025-09-30 19:55:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda yuksak ma’naviy ruhda, keng ko‘lamli tadbir bilan nishonlandi.
Tadbirda so‘z olganlar yurt kelajagi — yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustozlarning sharafli mehnatini e’tirof etishdi. Ularning mashaqqatli va mas’uliyatli faoliyati uchun chuqur minnatdorlik bildirilib, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilandi.
Shuningdek, ustoz va murabbiylarga bayram sovg‘alari hamda esdalik nishonlari topshirildi. Bu ehtirom va e’tibor ifodasi ularga cheksiz quvonch ulashdi.
Tadbirning badiiy qismi esa bayramona ruhda davom etdi. Shahar madaniyat markazining xush ovoz san’atkorlari tomonidan ijro etilgan Vatan va ustozlarni madh etuvchi qo‘shiqlar, harbiy orkestr ijrosidagi jo‘shqin kuylar tantanaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Dillarni junbushga keltirgan ohanglar barchaga faxr va g‘urur tuyg‘ularini ulashdi.
Ustozlarga ko‘rsatilgan bu yuksak ehtirom — yoshlar qalbida ularning buyuk maqomini yanada yuksaltirdi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati







