O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida tayinlov
2025-09-06 18:15:00 / Yangiliklar
Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy tibbiyot va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida harbiy xizmatchilar va professor-o‘qituvchilar yangi lavozimlar tayinlandi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari joylarga tashrif buyurib yangi lavozimlarga tayinlangan harbiy xizmatchilar va professor-o‘qituvchilarga mudofaa vazirining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi va ularni lavozimlarga tayinlanganliklari bilan tabriklab bir qator vazifalarni belgilab berdi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qarori asosan 3 ta fan doktori, 4 ta PhD ilmiy darajasi hamda 1 ta professor va 4 dotsent ilmiy unvonlari professor-o‘qituvchilarga berildi. Ushbu diplomlarni Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari joylarda tantanali ravishda topshirdi.







