Qatag‘on qurbonlari xotirasi yod etildi
2025-09-04 17:15:00 / Yangiliklar

Chirchiq davlat pedagogika universiteti majlislar zalida o‘tkazilgan tadbir avvalida professor o‘qituvchilar so‘zga chiqib, Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan milliy qahramonlarimiz – jadidlar harakati vakillari haqida yoshlarga ma’lumot berdi.
Millatning tiklanishi, ma’rifat va erkinlik yo‘lida kurash olib borgan ziyolilarning bizga qoldirgan merosini o‘rganish, ularni kelajak avlodga targ‘ib qilish bo‘yicha yoshlarga maslahatlar berdi.
So‘ngra Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti kursantlari tomonidan jadidlar va harbiy jadidlar bo‘yicha tayyorlangan prezentatsiyalar namoyish etildi.
Shundan so‘ng, talaba yoshlar va harbiy xizmatchilarni Chirchiq davlat pedagogika universitetining Qatag‘on qurbonlari muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Eksponantlarni ko‘zdan kechirgan yoshlar ongida Vatanga muhabbat, qurbonlarining xotirasiga hurmat, ularning merosini asrab-avaylashga bo‘lgan hislarini yanada oshirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








