Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yuqori malakali kadrlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga taklif etadi
2025-08-25 18:05:00 / Yangiliklar

Quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar tanlov asosida boʻsh (vakant) lavozimlarga qabul qilinadi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini oʻtagan yoxud oliy taʻlim muassasalari harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarida oʻqishni tugatgan erkak jinsidagi oʻttiz yoshga toʻlmagan harbiy xizmatga majburlar;
– boʻyining balandligi 165 sm va undan yuqori hamda sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlganlar.
Nomzodlar quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlari:
– umumqoʻshin mutaxassislari;
– haydovchi mutaxassisligi (B,C toifali);
– moliya mutaxassislari(bakalavr);
– feldsher, hamshiralik ishi.
Quydagi ofitserlar tarkibi lavozimlariga bakalavr va magistr darajasidagi nomzodlar qabul qilinadi:
– umumiy amaliyot shifokori;
– davolash ishi;
– meteorologiya va standartlashtirish;
– havodagi harakatni boshqarish;
– aviatsiya injiniringi;
– yurisprudensiya;
– logistika (temir yoʻl transportida).
Tanlov ishtirokchilarining arizalari joriy yilning 20-sentabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Onlayn ariza topshirish uchun:
→ ARIZA BERISH
Murojaat uchun telefon: (71) 269-80-19.
